AsosiySiyosat

O`zbekiston va Butunjahon intellektual mulk tashkiloti o`rtasidagi hamkorlik mustahkamlanadi

'O`zbekiston va Butunjahon intellektual mulk tashkiloti o`rtasidagi hamkorlik mustahkamlanadi'ning rasmi

Joriy yil 4 iyun kuni Shveysariyaning Jeneva shahrida O`zbekiston Madaniyat va san`atni rivojlantirish jamg`armasi raisi Gayane Umerova, O`zbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi BMT bo`linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi Doimiy vakili Eldiyor Toshmatovning Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) Bosh direktori o`rinbosari Silvi Forban bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi.

Uchrashuv chog`ida sun`iy idrok davrida intellektual mulk huquqlari himoyasining ahamiyati muhokama qilindi. Tomonlar, shuningdek, ko`plab mamlakatlarda kreativ sanoat tarmoqlarining rivojlanish sur`atlariga doir ma`lumotlarning taqchil ekanini ta`kidladilar. O`z navbatida, BIMT vakillari tashkilot tomonidan mazkur masalaga echim topishda amaliy vositalarni ishlab chiqish bo`yicha faol ishlar amalga oshirilayotganini ta`kidladi.

Bundan tashqari, Butunjahon intellektual mulk tashkilotining IV Butunjahon kreativ iqtisodiyot konferensiyasi (WCCE) da ishtirok etish shakli muhokama qilindi. BIMT namoyandalari Toshkentdagi nufuzli anjumanni tashkil etishda to`laqonli qo`llab-quvvatlashga tayyor ekanligini qayd etib, konferensiya O`zbekiston va Butunjahon intellektual mulk tashkiloti o`rtasida yanada yaqin hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishini ta`kidladilar.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar