AsosiyDunyo

Eronda prezidentlikka nomzodlar ma`lum bo`ldi

'Eronda prezidentlikka nomzodlar ma`lum bo`ldi'ning rasmi

“Konstitusiyani qo`riqlash kengashi” prezidentlikka nomzodlarning olti nafarini saralab, saylovda qatnashishiga ruxsat berdi. Bu haqda Mehr agentligi xabar berdi.

Davlat rahbari lavozimga rasmiy nomzodlar quyidagilar (rasmda o`ngga qarab ketma-ketlikda berilgan):

  1. Eron Oliy etakchisining Milliy xavfsizlik oliy kengashidagi vakili Said Jaliliy (tepadan birinchisi),
  2. Eron sobiq sog`liqni saqlash va tibbiy ta`lim vaziri, parlament a`zosi Masud Pezeshkiyan,
  3. Parlamentning amaldagi spikeri Muhammad Bag`er G`olibaf,
  4. Tehron meri Alirizo Zakaniy (pastdan birinchisi),
  5. Ichki ishlar vazirligi sobiq rahbari, din arbobi Mustafa Purmuhammadiy.
  6. Shahidlar va faxriylar fondi rahbari Amir-Husayn G`ozizoda-Hoshimiy

Eronning ikki taniqli siyosatchisi – sobiq prezident Mahmud Ahmadinajod va parlament sobiq spikeri Ali Larijoniyning nomzodlari ma`qullanmagan. Bundan tashqari nomzodlikka ko`rsatilgan to`rt nafar ayol ham saralashdan o`tmagan. Shu kungacha eronlik birorta ayol nomzodlarning yakuniy ro`yxatiga kiritilmagan. Eron prezidenti Ibrohim Raisiy aviahalokatda vafot etishi sababli 28 iyun kuni mamlakatda muddatidan oldingi prezidentlik saylovlari bo`lib o`tadi. Eronda prezident vazifasini bajaruvchi Muhammad Moxber saylovlarda qatnashishdan bosh tortgan.

    Boshqa yangiliklar