AsosiyJamiyat

Olmaotada qo`lga olingan 27 nafar O`zbekiston fuqarosi o`z ish joyiga qaytdi

'Olmaotada qo`lga olingan 27 nafar O`zbekiston fuqarosi o`z ish joyiga qaytdi'ning rasmi

Bundan bir necha kun avval Olmaota shahrida qo`lga olingan 27 nafar O`zbekiston fuqarosi o`z ish joyiga qaytdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

O`zbekiston Bosh konsulxonasi ma`lumotiga ko`ra, shu yil 6 iyun kuni Olmaota shahrida 27 nafar yurtdoshlarimiz noqonuniy ishlaganligi va Qozog`iston hududida bo`lib turish qoidalarini buzganlikda gumon qilinib ushlangan. Ular Qozog`iston vakolatli idoralari tomonidan o`tkazilgan "Nelegal" respublika favqulodda profilaktika tadbiri davomida qo`lga olingan.

Mazkur holat bo`yicha Olmaota shahridagi O`zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan Qozog`istonning vakolatli organlariga tegishli so`rov yuborildi. Olmaota polisiyasi bilan aloqa o`rnatilib, Bosh konsulxona tomonidan kerakli chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Hozirgi vaqtda 27 nafar o`zbekistonlik ishchilar o`z ish joylariga qaytarildi. Ulardan 4 nafariga mehnat migrasiyasi sohasi bo`yicha qonunchilikni buzganligi uchun sud tomonidan ma`muriy javobgarlik tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar