Dumaga kiritilgan qonun loyihasiga ko`ra, mast holda avtomobil boshqarganligi uchun haydovchilik huquqidan mahrum qilinganlar Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolagandan so`ng hujjatlarini qaytarib oladilar. Bu haqida zamon.uz xabar berdi.
Shartnomadagi xizmatchilar, safarbar qilinganlar va o`z ixtiyori bilan mudofaa vazirligi safiga qo`shilganlar, mast holda va qarama-qarshi yo`lga chiqqanligi uchun haydovchilik guvohnomasidan ayrilgan bo`lsalar ham, transport vositasini boshqarishlari mumkin bo`ladi.






