Toshkent hayvonot bog`i ma`muriyati bog` hududida polietilen qadoq va bir martalik polietilen idishdagi eguliklar hamda o`yinchoqlar sotishni taqiqladi. Bu haqda hayvonot bog`i saytida xabar qilindi.
Mazkur qaror ko`p sonli baxtsiz hodisalar, jumladan, hayvonot bog`idagi jonivorlarning o`limidan so`ng qabul qilindi.
Hayvonot bog`ida so`nggi bor Nil timsohi nobud bo`ldi. Uning oshqozonidan o`yinchoqlar topildi.
Tashrif buyuruvchilarga murojaat qilgan hayvonot bog`i ma`muriyati ulardan jonivorlarning oziqlanishi borasida tashvishlanmaslikni so`radi: “Bizning jonivorlar barcha zarur miqdordagi emish, ozuqa, vitamin va mineral qo`shimchalar bilan ta`minlangan bo`lib, har bir tur, ayrim hollarda alohida hayvon uchun xalqaro rasion bo`yicha ishlab chiqilgan parhez qo`llaniladi”.
“Biz odamlarning g`amxo`rlik ko`rsatayotganidan mamnunmiz. Lekin ayrim oziq-ovqat mahsulotlari, masalan, konfet, chips, „kirieshki“, popkorn, shirin kulchalar, yangi non va boshqalarni jonivorlarga berish mutlaqo taqiqlanadi”, — deyiladi xabarda. .