AsosiyDunyo

Rossiyada mahbuslar qamoqxona xodimlarini garovga oldi

'Rossiyada mahbuslar qamoqxona xodimlarini garovga oldi'ning rasmi

Rossiyaning Rostov viloyatida olti nafar sudlanuvchi tergov izolyatorida kameradagi panjarani buzib, izolyatorning ikki nafar xodimini garovga oldi. Bu haqda Zamon.uz yozmoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, jinoyatchilar orasida terrorchilik aybi bilan sudlangan bir necha kishi bor. Jinoyatchilar o`zlarining IShIDga aloqador ekanliklarini e`lon qilishgan.

Jinoyatchilar avtomashina, qurol-yarog` va izolyatordan chiqib ketish imkoniyatini talab qilishgan.

“Interfaks” nashriga ko`ra, Federal Jazoni ijro etish xizmati matbuot xizmatiga tayanib xabar berishicha, Rostovdagi tergov izolyatorida garovga olinganlar ozod qilingan, jinoyatchilar esa yo`q qilingan.

    Boshqa yangiliklar