AsosiySiyosat

Mo`g`uliston Prezidenti O`zbekistonga keladi

'Mo`g`uliston Prezidenti O`zbekistonga keladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Mo`g`uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux 23-26 iyun kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo`ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Oliy martabali mehmon tashrifining dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar o`tkazilishi ko`zda tutilgan. O`zbekiston-Mo`g`uliston do`stlik va ko`p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari ko`rib chiqiladi.

Xususan, kun tartibidan konstruktiv siyosiy muloqot va parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish, ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmini oshirish, tog`-kon sanoati, qishloq xo`jaligi, chorvachilik, engil sanoat, sog`liqni saqlash, transport, logistika va boshqa yo`nalishlarda kooperasiya loyihalarini amalga oshirish rejalari o`rin olgan. Shuningdek, madaniy-gumanitar va turizm aloqalarini faollashtirishga qaratilgan qo`shma chora-tadbirlar muhokama qilinadi. Xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashiladi.

Sammit yakunlari bo`yicha hukumatlararo va idoralararo hujjatlar to`plamini qabul qilish ko`zda tutilgan.

Davlat tashrifi doirasida Prezidentlarning ikki mamlakat etakchi kompaniyalari va ishbilarmon doiralar vakillari bilan uchrashuvi hamda qator boshqa ikki tomonlama tadbirlar o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Mo`g`uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Xiva shahriga ham tashrif buyurib, xalqimizning boy madaniy-tarixiy merosi bilan tanishadi.

    Boshqa yangiliklar