AsosiySiyosat

Yangi elchi O`zbekiston tashqi ishlar vaziriga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi

'Yangi elchi O`zbekiston tashqi ishlar vaziriga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi'ning rasmi

O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Mo`g`ulistonning mamlakatimizdagi elchisi etib tayinlangan Daadanxuu Batbaatarni qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA .

"Mo`g`ulistonning O`zbekistondagi Elchisi etib tayinlangan Daadanxuu Batbaatar janoblarini qutladik va uning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik, – deb yozdi O`zbekiston TIV rahbari o`zining telegram kanalida. – Bugungi kun tartibimizdan oliy darajadagi bo`lajak uchrashuvlar, iqtisodiy diplomatiyani faol ilgari surish, qo`shma istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish, barcha sohalarda yaqin hamkorlikni rivojlantirish masalalari o`rin oldi. Janob Elchiga O`zbekistondagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz".

 

    Boshqa yangiliklar