AsosiyJamiyat

Elektr energiyasi va gaz uchun tariflar qanday shakllantiriladi?

'Elektr energiyasi va gaz uchun tariflar qanday shakllantiriladi?'ning rasmi

Xabar berilganidek, Vazirlar Mahkamasining 15.06.2024 yildagi “Yoqilg`i-energetika tarmog`ida tarif siyosatini yanada takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori bilan 2035 yilgacha bo`lgan davrda O`zbekiston Respublikasi yoqilg`i-energetika tarmog`idagi tarif siyosatining asosiy yo`nalishlari belgilangan.

Hujjat bilan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun tariflarni shakllantirish tartibi to`g`risidagi nizomlar tasdiqlandi. 

Tariflar ishlab chiqarish, qazib olish, uzatish va boshqa tizimli xizmatlar, taqsimlash va foydalanish va kapital xarajatlarni to`liq qoplashni hisobga olgan holda sotish xarajatlaridan kelib chiqqan holda shakllanadi.

Belgilangan tartibda tasdiqlangan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun tariflar 2026 yildan boshlab, uch yildan kam bo`lmagan muddatga amal qiladi. 

Elektr energiyasining yagona va tabiiy gazning markaziy xaridori elektr energiyasi va tabiiy gazni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi  tomonidan belgilangan tariflar bo`yicha sotib oladi hamda sotadi. 

Aholining kam ta`minlangan va himoyaga muhtoj qatlamlarini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash elektr energiyasi va tabiiy gazning bazaviy normasini qo`llash hamda ular uchun tariflar oshganda kompensasiyalar berish yo`li bilan ta`minlanadi. 

Tartibga solinadigan tariflar o`zida xarajatlarni aks ettirishi, elektr energetika tarmog`ining samarali ishlashi rag`batlantirilishini ta`minlashi va ijtimoiy kompensasiyalarni hisobga olishi lozim.

Elektr energiyasi uchun tariflarni shakllantirish tartibi to`g`risida nizom quyidagilarni nazarda tutadi:

  • elektr energiyasi uchun tariflarni shakllantirish mexanizmi;
  • tashkilotlar uchun talab qilinadigan daromadni va iste`molchilarning turli guruhlari uchun elektr energiyasi uchun tariflarni shakllantirish tartibi;
  • tariflarni asoslash uchun hujjatlarni taqdim etish;
  • tariflarni shakllantirish ustidan davlat nazorati va boshqalar.

 

Tabiiy gaz uchun tariflarni shakllantirish tartibi to`g`risida nizom quyidagilarni o`z ichiga oladi:

  • tariflarni tartibga solish tamoyillari;
  • turlar bo`yicha xarajatlarni va talab qilinadigan daromadni hisob-kitob qilish tartibi;
  • subsidiyalanadigan tariflar;
  • xarajatlar, aktivlar va daromadlarni taqsimlash tamoyillari va boshqalar.

 


 

    Boshqa yangiliklar