AsosiyJamiyat

Urganch xalqaro aeroporti vaqtincha yopildi

'Urganch xalqaro aeroporti vaqtincha yopildi'ning rasmi

2024 yil 20 iyul Toshkent vaqti bilan soat 00:01 dan 2024 yil 7 avgust 23:59 gacha Urganch xalqaro aeroporti uchish-qo`nish yo`lagini kapital ta`mirlash ishlari boshlanishi munosabati bilan faoliyatini to`xtatadi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchish-qo`nish yo`lagining uzoq muddatdan beri ishlashi hamda havo kemalarining qo`nishi va uchishi xavfsizligini ta`minlash maqsadida kapital qurilish va ta`mirlash ishlari olib boriladi. Xususan, uzunligi 3000 m va eni 16 m bo`lgan uchish-qo`nish yo`lagi yuzasini butunlay almashtirish va mustahkamlash rejalashtirilgan. Shuningdek, ikkinchi va uchinchi yurish yo`laklari kapital ta`mirlanadi.

Urganch aeroportining uchish-qo`nish yo`lagi kapital ta`mirdan so`ng Boeing 787 va Airbus A330 kabi keng fyuzelyajli samolyotlarni cheklovlarsiz qabul qila oladi.

Urganch shahridagi uchish-qo`nish yo`lagini kapital rekonstruksiya qilish oxirgi marta 1997 yilda, shikastlangan qismlarini qisman ta`mirlash esa 2018 yilda amalga oshirilgan edi.

Rekonstruksiya davrida barcha rejalashtirilgan reyslar Nukus xalqaro aeroportiga yo`naltiriladi, yo`lovchilar Nukus va Urganch aeroportlari o`rtasida transferlar bilan ta`minlanadi. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar