Oliy darajadagi O`zbekiston-Mo`g`uliston muzokaralari yakunlangach, Ko`ksaroy qarorgohida daraxt ekish marosimi bo`lib o`tdi.
Prezidentlar Shavkat Mirziyoev va Uxnaagiyn Xurelsux xalqlarimiz o`rtasidagi do`stlik va hamkorlik, ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochishga bo`lgan o`zaro intilish ramzi sifatida Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdilar.






