AsosiyJamiyat

Poytaxtning ikki tumanida “svet” o`chiriladi

'Poytaxtning ikki tumanida “svet” o`chiriladi'ning rasmi

Iste`molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi etkazib berilishini ta`minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta`mirlash ishlarini olib borish maqsadida ertaga Toshkentning ikkita tumanida “svet” vaqtincha o`chiriladi.  Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJ matbuot xizmati xabar berdi.

25 iyun kuni quyidagi manzillarda elektr ta`minoti vaqtincha o`chiriladi:

  • Yunusobod tumani: “Katta Hasanboy”, “Tiklanish” va “Qashqar” MFYlari hamda “Markaz” 4-mavzesining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 12:00 gacha;
  • Sergeli tumani: “Ma`daniyat” MFYning ayrim hududlarida bugun soat 09:00 dan 17:00 gacha.

zkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababliy yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

    Boshqa yangiliklar