“Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to`g`risida” O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e`lon qilindi.
Mamlakatimizda so`z va matbuot erkinligini rivojlantirish, xalqimizning axborot sohasidagi konstitusiyaviy huquqlarini ta`minlash, davlat va jamiyat boshqaruvida ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini mustahkamlash, demokratik islohotlarni amalga oshirish yo`lida faollik ko`rsatib kelayotgani, global axborot maydonida milliy manfaatlarimizni himoya qilish, yurtimizdagi yangilanish jarayonlarini yoritish, erishilayotgan yutuqlarni keng targ`ib etishdagi katta xizmatlari, zamonaviy media tarmoqlari uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi samarali faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlandi:
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Taypatov Abdijalol Gapparovich - O`zbekiston Milliy axborot agentligining hududiy axborot tahririyati bosh muharriri
Temirov Sobirjon G`ulamovich - Beshariq tumani «Beshariq tongi» gazetasi bosh muharriri, Farg`ona viloyati
«Do`stlik» ordeni bilan
Abdusamatova Mukaddas Salixovna - O`zbekiston Jurnalistlar uyushmasi va Yozuvchilar uyushmasi a`zosi, publisist
Beknazarova Saodat Uzbekovna - «Ovozi tojik» gazetasi katta muxbiri
Djuraeva Dilfuza Djangirovna - O`zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a`zosi, publisist, Surxondaryo viloyati
Klyaskiy Grigoriy Nikolaevich - «Ishonch-Doverie» gazetasi bo`lim muharriri
Levchenko Sergey Vladimirovich - «Narodnoe slovo» gazetasi bo`lim muharriri
Nugmanov Ravshan Yakubdjanovich - O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Toshkent radioeshittirish uyi ovoz yozish xizmati rejissyori
Ochilov Qudrat Menglievich - «Bir safda» jurnali mas`ul kotibi
Paluanova Mnayim Pirnazarovna - «Nukus-Sayahat» mas`uliyati cheklangan jamiyatining «Jaslar-TV» telekanali va «Nukus-FM» radiosi direktori, Qoraqalpog`iston Respublikasi
Sodikov Ikrom Mamadalievich - O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Namangan viloyati teleradiokompaniyasi direktori o`rinbosari
Toxirov Xalimjon Turgunovich - «Andijonnoma» va «Andijanskaya pravda» gazetalari tahririyatining «Andijonnoma.uz» internet nashri muharriri
Xakimov Talip Adilovich - Nurafshon shahri «Mash`al» gazetasi bosh muharriri, Toshkent viloyati
II darajali «Sog`lom avlod uchun» ordeni bilan
Boymirzaeva Saodat Urakovna - O`zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo`mitasining matbuot kotibi
Muminov Fayzullo Abdullaevich - O`zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universitetining jamoatchilik bilan aloqalar kafedrasi professori
Xasanova Zaxro Tulkunovna - «Gulxan» jurnali bosh muharriri
«Sog`lom turmush» medali bilan
Imomxo`jaev Zafar Axbarovich - O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi raisining axborot siyosati masalalari bo`yicha maslahatchisi – matbuot kotibi
«Kelajak bunyodkori» medali bilan
Abduraximov Muslimbek Fozil o`g`li - «Zo‘r TV» telekanalining «Bu kun» informasion dasturi rahbari
«Shuhrat» medali bilan
Abdukadirov Dilshod Axmedjanovich - «Kun.uz» internet nashri bosh muharriri
Abduraxmanova Feruza Abduganievna - «Mening yurtim» telekanali boshlovchisi
Abidov Aziz Agzamovich - O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jamoatchilik bilan hamkorlik markazi boshlig`i – matbuot kotibi
Alimuxamedov Tuygun Vaxabovich - «O`zbekiston ko`zi ojizlar bosmaxonasi» davlat unitar korxonasi muqovalovchisi
Bazarov Baxriddin Xaydarovich - «Akademnashr NMM» mas`uliyati cheklangan jamiyati bosh rassomi
Bayturaeva Guljamal Orinbasarovna - «Nurl jol» gazetasi bo`lim mudiri
Voxidova Nozima Raximovna - O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Madaniyat va ma’rifat telekanali» davlat muassasasi kino-videomahsulotlar va tezkor dublyaj muharririyati katta muharriri
Gulyamova Dilfuza Izzatovna - «Yangi O`zbekiston» va «Pravda Vostoka» gazetalari tahririyatining Navoiy viloyati bo`yicha maxsus muxbiri
Djamalov Kaxramon Djumaevich - O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston 24» telekanali muharrirlar guruhi bosh muharriri
Djumaboeva Raxima Mustafaevna - O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Sirdaryo viloyati teleradiokompaniyasi televidenie guruhi katta muharriri
Zokirova Tursuntosh Normurodovna - O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Jizzax viloyati teleradiokompaniyasi radio guruhi muxbiri
Inoyatova Nazira Saypullaevna - «Avtoradio» radiosi dasturlar bo`yicha direktori va efir boshlovchisi
Klichbaev Abatbay Reimbaevich - Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasining qo`lyozmalar, noyob va alohida qiymatga ega nashrlar xizmati rahbari
Matchanova Intizor Jumaboevna - O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston 24» telekanali Xorazm viloyati bo`yicha muxbiri
Murotova Muslima Kamolidinovna - O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston» radiokanali rejissyorlar guruhi suxandoni
Niyazov Norbek Ramazanovich - O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston 24» telekanali yangiliklar muharririyati bosh muharriri
Pirnafasova Muhayyo Rustamovna - «Jadid» gazetasi adabiy muharriri
Saidov Sherodil Xudayberdievich - «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasining chop etish sexi ustasi
Sulaymanova Aliya Ismailovna - «Darakchi.uz» internet nashri bosh muharriri
Sulaymonov Shodmon Sultonovich - «Buxoronoma» va «Buxarskiy vestnik» gazetalari tahririyati bosh muharriri, Buxoro viloyati
Shamsiddinov Yolqin Xakimovich - O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati huzuridagi Media-markazi etakchi mutaxassisi
Eshonqulov Zamon Asrorovich - O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Samarqand viloyati teleradiokompaniyasi televidenie guruhi maxsus muxbiri
Yusupov Ahmad Mengnimuratovich - «Daryo.uz» internet nashri bosh muharriri
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoev