1

Toshkentda erkak gul do`koni sotuvchisini kaltakladi (video)

Jamiyat 26.06.2024, 14:44
Toshkentda erkak gul do`koni sotuvchisini kaltakladi (video)

Joriy yilning 23 iyun kuni taxminan soat 19:30 larda 1984 yilda tug`ilgan, Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi X.A. (muqaddam Jinoyat kodeksining 165-moddasi bilan sudlangan) jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, Shayxontohur tumanida gul do`konlaridan birida gul sotuvchisi, 2003 yilda tug`ilgan X.T. bilan o`zaro janjallashgan.

Shu erda bo`lgan 2003 yilda tug`ilgan A.T. va 2002 yilda tug`ilgan T.I. uni tinchlantirib, janjalni oldini olishga uringan. Biroq X.A. bezorilik harakatini davom ettirib, ularni urib tan jarohati etkazgan.

Birlamchi tibbiy ma`lumotga ko`ra, jabrlanuvchilarga engil tan jarohati etkazilgan.    

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB Tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (“Bezorilik harakatini oldini olish chorasini ko`rgan boshqa fuqarolarga qarshilik ko`rsatib sodir etish”) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. 
 

“Tergov harakatlari davom etmoqda. Yakuni bo`yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi.

Hurmatli fuqarolar, agar siz ushbu shaxsning harakatlaridan jabr ko`rgan bo`lsangiz yaqin oradagi IIBga yoki 102 raqamiga xabar berishingizni so`raymiz”, deyiladi poytaxt IIBB xabarida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1