AsosiySiyosat

Tazyiq va zo`ravonlikka uchragan xotin-qizlarga ijtimoiy xizmat ko`rsatish tartibi tasdiqlandi

'Tazyiq va zo`ravonlikka uchragan xotin-qizlarga ijtimoiy xizmat ko`rsatish tartibi tasdiqlandi'ning rasmi

Hukumat Qarori bilan "Tazyiq va zo`ravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularning voyaga etmagan farzandlariga ijtimoiy xizmat ko`rsatishning ma`muriy reglamenti" tasdiqlandi.

Unga ko`ra, Tazyiq va zo`ravonlikdan jabrlangan shaxslar, boshqa jismoniy hamda yuridik shaxslar tomonidan tazyiq va zo`ravonlik holati to`g`risida quyidagi shakllarda murojaat qilinadi:

  • "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki ijtimoiy xodimga;
  • ichki ishlar organlari navbatchilik qismining "102" telefon raqamlariga yoki bevosita profilaktika inspektorlariga;
  • "112" yagona dispetcherlik xizmati hamda 1146 qisqa raqamli "ishonch telefoni"ga

 

Murojaat bo`yicha 24 soat ichida quyidagilar amalga oshiriladi:

  • xotin-qizlar faoli va mahalladagi profilaktika inspektori tomonidan tazyiq va zo`ravonlikni sodir etgan shaxs bilan suhbat o`tkaziladi;
  • ijtimoiy xodim xotin-qizlar va ularning voyaga etmagan farzandlarining holatini dastlabki tarzda baholash choralarini ko`radi;
  • profilaktika inspektori xotin-qizlarga himoya orderi rasmiylashtiriladi hamda zaruratga ko`ra birlamchi ko`mak xonalariga joylashtirish uchun tegishli dalolatnomani rasmiylashtirishga doir choralarni ko`radi;
  • ijtimoiy xodim va profilaktika inspektori tomonidan xotin-qizlar va ularning voyaga etmagan farzandlari ularning roziligi asosida birlamchi ko`mak xonasiga joylashtiriladi.

 

Xotin-qizlar va ularning voyaga etmagan farzandlariga ijtimoiy xizmatlar "Inson" markazlari, ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish respublika markazining hududiy markazlari tomonidan ko`rsatiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar