Italiyaning ayrim hududlarida havo harorati keskin pasayib, qor yog`a boshladi. Bu haqda zamon.uz xabar berdi.
Bu yilning shu davri uchun mutlaqo g`ayrioddiy tabiat hodisasi hisoblanadi. Hozirda qorning qalinligi 10 santimetrdan oshdi.
Meteorologlarning aytishicha, bu noodatiy hodisaga Islandiyadan kelayotgan sovuq havo massasi sabab bo`lgan, bu esa Italiyada haroratning keskin pasayishiga olib kelgan.
Sinoptiklar sovuq ob-havo kamida payshanba kuniga qadar davom etishini taxmin qilmoqda.