1

Toshkentda yuqori kuchlanishli elektr tarmog`i hududida yong`in chiqdi

Jamiyat 27.06.2024, 18:17
Toshkentda yuqori kuchlanishli elektr tarmog`i hududida yong`in chiqdi

Toshkent shahrining Yunusobod, Olmazor va Shayxontohur tumanlari hamda Toshkent tumanidagi ayrim iste`molchilar 27 iyun kuni ma`lum vaqt davomida elektr energiyasiz qoldi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” axborotiga ko`ra, soat 14:23 da Toshkent shahrida “L-DOK-1” va “L-DOK-2” yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmog`ida nosozlik yuzaga kelgan. Bu nosozlik bu tarmoqlar hududida yuzaga kelgan yong`in bilan bog`liq.

Shundan so`ng, kompaniya soat 16:37 da qo`shimcha xabar berib, nosozlik bartaraf etilgani, elektr energiyasidan uzilgan hududlarga qayta kuchlanish berilganini ma`lum qildi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” iste`molchilardan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarining muhofaza hududlarida ehtiyot choralarini ko`rishlarini so`ragan.

Toshkent tumani hokimligining ma`lum qilishicha, uzilish tumanning Nurhayot, Majnuntol, Ozodlik, Iftixor, Uchchinor, Masalboy, Xiyobon, Zargar, Sohibkor, Ko`kterak, Halimko`p, Sag`bon, A. Navoiy, Qizg`aldoq, Farovon, Gulobod, Uchsada, Gultepa, Shirin, Chuvalachi, Navoiy, Qizg`aldoq, Huvaydo, Fayzobod, Oqibat, Tinchlik, Ahillik, Qorasaroy, Qirariq, Bahor, Hasanboy guzari, Kensoy, Yuqori Hasanboy, Avliyo-ota, Oydin hayot, Hojiota, Rahbarobod, Iqbol, Tutzor, Sabzovot, Darxon, Ibrat, Bog`bon, Ayriota, Qashqarlik, Mustaqillik, Sanoat, G`isht ko`prik, Sirg`ali, Sarke mahallalarini qamrab olgan.

“Toshkent tumani elektr ta`minoti korxonasi”ga ko`ra, avariya holati havoning keskin isib ketishi sababli elektr energiyasiga bo`lgan talab ortgani, natijada elektr qurilmalari ortiqcha yuklama bilan ishlayotgani natijasida ro`y bergan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1