1

Yaponiya tajribasi asosida O`zbekistonda krevetka etishtiriladi

Jamiyat 28.06.2024, 09:31
Yaponiya tajribasi asosida O`zbekistonda krevetka etishtiriladi

Qishloq xo`jaligi vazirligida "O`zbekbaliqsanoat" uyushmasi rahbari Omon Musaev hamda Yaponiyaning "Trust engineering partners" kompaniyasi prezidenti Shozo Maishigi o`rtasida uchrashuv o`tkazildi.

Unda  aholi soni o`sib borayotgan O`zbekistonda baliqchilik tarmog`ini yanada rivojlantirishda Yaponiya tajribasi va texnologiyasini joriy etish, mutaxassislarni jalb qilish masalalariga to`xtalib o`tildi.

Shuningdek, yurtimizda akvakultura sohasini rivojlantirish, sovuq suv baliqlari va ilg`or texnologiyalar asosida qisqichbaqasimonlarni (krevetka) sanoat miqyosida etishtirish yo`lida hamkorlik xususida fikr almashildi.Jumladan, O`zbekistonda krevetka etishtirish uchun mavjud shart-sharoitlar, tabiiy va sun`iy suv havzalari, suv hajmi va sho`rlik darajasi kabi zaruriy ma`lumotlar taqdim etildi.

Uchrashuv yakunida yurtimizda Yaponiya tajribasi asosida krevetkani sanoat usulida etishtirish loyihasini amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1