1

Parranda go`shtini eksportida barcha cheklovlar bekor qilinadi

Jamiyat 28.06.2024, 09:46
Parranda go`shtini eksportida barcha cheklovlar bekor qilinadi

“Parrandachilik sohasini yanada qo`llab-quvvatlash, zamonaviy genetik texnologiyalar va kooperasiya tizimini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ-238-son, 27.06.2024 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qarorga ko`ra, kooperasiya tizimiga asoslangan “Agroparranda klasteri” loyihasi amalga oshiriladi.

2030 yil 1 yanvargacha parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub`ektlari yuridik shaxslardan olinadigan er solig`ini (ekin maydonlaridan tashqari) to`lashdan ozod etiladi.

2024 yil 1 iyuldan parranda go`shtini (TIF TN kodi 0207) eksport qilishda mavjud barcha cheklovlar bekor qilinadi.

2024 yil 1 oktyabrdan yangi so`yilgan, sovutilgan yoki muzlatilgan uy parrandasi go`shti va qo`shimcha ozuqabop mahsulotlari (butun go`sht, qanot, bel, bo`yin, okorochok, golen, son, qiyma va teri) O`zbekiston hududiga olib kirishda belgilangan bojxona boji bo`yicha berilgan imtiyoz bekor qilinadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1