AsosiyJamiyat

Yoshlar ishlari agentligiga qo`shimcha funksiyalar yuklandi

'Yoshlar ishlari agentligiga qo`shimcha funksiyalar yuklandi'ning rasmi

“Yoshlarni xorijiy tillarga o`qitish tizimi samaradorligini oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident Qarori (PQ-239-son, 27.06.2024 y.) qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligi xabar berdi. 

️Qarorga ko`ra, Yoshlar ishlari agentligi zimmasiga quyidagi qo`shimcha funksiyalar yuklandi:

  • yoshlarni xorijiy tillarga o`qitish jarayonlarini takomillashtirish, talab yuqori bo`lgan chet tillarini mukammal o`zlashtirish uchun sharoitlarni kengaytirish;
  • xorijiy tillarni o`qitish faoliyati bilan shug`ullanuvchi YaTTlar, o`zini o`zi band qilgan shaxslar hamda nodavlat ta`lim tashkilotlari (xususiy o`quv markazlari), ushbu yo`nalishda faoliyat yurituvchi boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarini rivojlantirish va qo`llab-quvvatlash, sohadagi muammolarni muntazam ravishda tahlil qilish va ularning echimi bo`yicha takliflar tayyorlash;
  • xususiy o`quv markazlari reytingini shakllantirish hamda reytingda yuqori o`rinni egallaganlarni rag`batlantirish;
  • yoshlar orasida kasb-hunar va xorijiy tillarni o`rganishni targ`ib qilish, ushbu yo`nalishdagi ijtimoiy loyihalar, ko`rik-tanlov va olimpiadalarni tashkil etish.

    Boshqa yangiliklar