“Yoshlarni xorijiy tillarga o`qitish tizimi samaradorligini oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident Qaroriga ko`ra:
- imtihon topshirish xarajati qoplanadigan xalqaro imtihon tizimlari bo`yicha ingliz, nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillaridan kamida S1 yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi sertifikat olgan yoshlarni imtihon topshirish xarajatlarini kompensasiya qilishga qo`shimcha ravishda o`qish xarajatlarini qoplash uchun BHMning 3 baravari (1 mln 20 ming so`m) miqdorida bir martalik moddiy rag`batlantirish tizimi joriy etiladi;
- 2024 yil 1 sentyabrdan 2027 yil 1 yanvargacha yoshlarning nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari bo`yicha xalqaro imtihon tizimlarida imtihon topshirish xarajatlari qoplab berilishi uchun ular tomonidan to`planishi lozim bo`lgan ballning (sertifikat darajasining) minimal ko`rsatkichi bir pog`ona pasaytiriladi.
Shuningdek, umumiy o`rta ta`lim muassasalarining sinf xonalarini ta`lim jarayonidan bo`sh vaqtda kasb-hunar va xorijiy tillarni o`qitish faoliyatini amalga oshirish uchun to`g`ridan-to`g`ri shartnomalar asosida tekin foydalanish huquqi bilan xususiy o`quv markazlariga berishga ruxsat etiladi.
Bunda tegishli umumiy o`rta ta`lim muassasalarining ro`yxati Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.






