1

Buxoroda erkak o`g`lini urgani uchun bog`cha bolasini kaltakladi

Jamiyat 28.06.2024, 19:24
Buxoroda erkak o`g`lini urgani uchun bog`cha bolasini kaltakladi

Ijtimoiy tarmoqlarda bog`chada bolaga jarohat etkazilganligi aytilayotgan video tarqaldi.

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan o`rganilmoqda.

Ma`lum bo`lishicha, 2024 yil 24 iyun kuni Buxoro viloyati Olot tumani Tibbiyot birlashmasi navbatchi shifokori G.H. IIB ga xabar berib, tumandagi maktabgacha ta`lim muassasasi tarbiyalanuvchisi, 2019 yilda tug`ilgan A.Yu. tan jarohati bilan olib kelinganligini bildirgan.

O`tkazilayotgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida aniqlanishicha, 24 iyun kuni mazkur bog`chada bo`lgan A.Yu. boshqa bola, A.S. (2019 yilda tug`ilgan) bilan urishgan, shu sababli A.S. ning otasi X.F. A.Yu. ni yuziga urib, jarohat etkazgan.

Hozirda bolaga etkazilgan jarohatning darajasini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv davom etmoqda. Bu borada qo`shimcha ma`lumot beriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1