1

Ertaga tog`oldi va tog`li hududlarida sel-suv toshqini kutilmoqda

Jamiyat 29.06.2024, 20:09
Ertaga tog`oldi va tog`li hududlarida sel-suv toshqini kutilmoqda

“O`zgidromet” 30 iyundan 1 iyulgacha kuchli yomg`ir yog`ishi kutilayotgani sababli respublikaning tog`oldi va tog`li hududlarida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Mazkur ogohlantirish amal qiladigan hududlar:

Surxondaryo viloyati — Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho`rchi, Qumqo`rg`on, Muzrabot tumanlarida;
Toshkent viloyati — Ohangaron, Bo`stonliq, Parkent, Piskent, O`rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

Namangan viloyati — Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo`rg`on tumanlarida;

Farg`ona viloyati — So`x, Shohimardon, Farg`ona, Beshariq tumanlarida;

Andijon viloyati — Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo`rg`ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo`jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
 

Tog`oldi va tog`li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog`li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko`rishlarini so`raymiz, — deyiladi xabarda.
 

Respublikaning Surxondaryo, Toshkent viloyatlari va Farg`ona vodiysi bo`yicha yomg`ir suvlari to`planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1