“O`zgidromet” 30 iyun, yakshanba kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo prognozini e`lon qildi.
Toshkent shahrida havo bir oz bulutli, vaqti-vaqti bilan o`zgaruvchan bo`ladi, bir oz qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi, 12-14 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24-26 daraja, kunduzi 34-36 daraja bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli, ba`zi joylarda o`zgaruvchan bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 28-33 daraja bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli, ba`zi joylarda o`zgaruvchan bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 33-38 daraja bo`ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo bir oz bulutli, ba`zi joylarda o`zgaruvchan bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli, ba`zi joylarda o`zgaruvchan bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 23-28 daraja, kunduzi 36-41 daraja bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo bir oz bulutli, ba`zi joylarda o`zgaruvchan bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlarida havo bir oz bulutli, ba`zi joylarda o`zgaruvchan bo`ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo`ladi.






