1

Andijonda to`rtta mashina ishtirokida YTH sodir bo`ldi

Jamiyat 30.06.2024, 13:01
Andijonda to`rtta mashina ishtirokida YTH sodir bo`ldi

Andijon viloyati Marhamat tumanida to`rtta mashina ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 29 iyun kuni sodir bo`lgan.

Shu kuni soat 20:50 larda, Marhamat tumani “Gar-Gar” MFY hududidan o`tgan 4R-138 avtomobil yo`lida 24 yoshli haydovchi ikkinchi darajalai yo`ldan asosiy yo`lga keskin chiqqan va asosiy yo`ldan kelayotgan Matiz bilan to`qnashgan.

Shunda Matiz haydovchisi boshqaruvni yo`qotgan va qarama-qarshi yo`nalishga chiqib ketib ro`paradan kelayotgan Neksiya va Tracker mashinalari bilan to`qnashgan.

Ushbu YTH oqibatida, Matiz haydovchisi tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga murojaat qilgan. Shuningdek, to`rt transport vositasi ham texnik shikastlangan.

“Barcha haydovchilarimizdan yo`l harakati qoidalariga qat`iy ravishda doimo amal qilib yurishlarini so`raymiz”, deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1