1

O`zbekistonning ayrim hududlarida 1 iyul kuni yomg`ir yog`ishi mumkin

Jamiyat 30.06.2024, 20:20
O`zbekistonning ayrim hududlarida 1 iyul kuni yomg`ir yog`ishi mumkin

O`zbekistonning katta qismida 1 iyulda salqin harorat bo`lishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi.  Shu kuni ayrim joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi mumkin.


Toshkent shahrida havo bir oz bulutli, vaqti-vaqti bilan o`zgaruvchan bo`ladi, bir oz qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, 12-14 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Harorat kechasi 21-23 daraja, kunduzi 33-35 daraja bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli, ba`zi joylarda o`zgaruvchan bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatiladi.

Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 28-33 daraja bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli, ba`zi joylarda o`zgaruvchan bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatiladi.

Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo`ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo bir oz bulutli, ba`zi joylarda o`zgaruvchan bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli, ba`zi joylarda o`zgaruvchan bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin.

  Harorat kechasi 23-28 daraja, kunduzi 35-40 daraja bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo bir oz bulutli, ba`zi joylarda o`zgaruvchan bo`ladi, qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlaridahavo bir oz bulutli, ba`zi joylarda o`zgaruvchan bo`ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi.

Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 21-26 daraja bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1