1

Sirdaryoda avtobus va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo`ldi

Jamiyat 01.07.2024, 13:22
Sirdaryoda avtobus va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo`ldi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Sirdaryoda avtobus va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo`lgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat IIB hodisa yuzasidan ma`lumot berdi.

Ma`lum qilinishicha, 2024 yil 28 iyun kuni soat 12:30 larda Sirdaryo tumani "Ziyokor" MFY hududidan o`tuvchi yo`lda Termiz-Toshkent yo`nalishida ISUZU rusumli yuk avtomobili yo`lning o`ng tomon qismida yo`lovchilarni tushirish uchun to`xtab turgan ISUZU rusumli yo`lovchi tashuvchi avtobusni orqa qismiga urilgan. Qayd etilishicha, avtobus ichida 14 nafar yo`lovchi ham bo`lgan.

Natijada, "avtobus salonida bo`lgan 1 nafar yo`lovchi jarohat olib, Sirdaryo tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Hozirda Sirdaryo tumani IIB xodimlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1