Angliyaning "Liverpul" klubi yarim himoyachisi Filippe Koutino jarohati tufayli 5-6 hafta jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.
Braziliyalik futbolchi tibbiy ko`rikdan o`tganidan so`ng tizzasidagi bo`g`imlar shikastlangani ma`lum qilindi. "Liverpul" klubidagilar 15 yanvarda "Manchester Yunayted"ga qarshi kechadigan uchrashuvga qadar, 24 yoshli futbolchining tiklanishidan umidvor bo`lishmoqda.
Eslatib o`tamiz, Koutino APLning ushbu mavsumida 13 uchrashuvda maydonga tushib beshtadan gol va golli uzatmaga mualliflik qilgan.