Toshkentda Afrosiyob ko`chasining Sharof Rashidov shoh ko`chasi va Beshyog`och ko`chasi o`rtasidagi qismi transport vositalari harakatlanishi uchun ochildi, deya xabar beradi «Gazeta.uz».
O`zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov rezidensiyasi yaqinidan o`tgan yo`l bo`ylab har ikki tomondan avtomobillar harakatlanmoqda.
Harakatlanishni cheklovchi belgi olib tashlangan.





