28 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Qozog`iston Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Erik Utembaev bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.
Muloqot chog`ida oliy va boshqa darajalardagi ikki tomonlama muzokaralar davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.





