1

Undirilgan jarimaning 50 foizi miqdorida mukofot puli beriladi

Jamiyat 03.07.2024, 12:24
Undirilgan jarimaning 50 foizi miqdorida mukofot puli beriladi

“Yo`llar va yo`l infratuzilmasining yaxshi holatda saqlanishini ta`minlash hamda hududlarni obodonlashtirish bo`yicha amaldagi mexanizmlarni takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident Qarori (PQ-241-son, 01.07.2024 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Qarorga muvofiq, ruxsatnoma olmasdan yo`l ob`ektida qurilish va ta`mirlash ishlarini amalga oshirganlik yoki yo`l ob`ektining avvalgi holatini tiklash bo`yicha majburiyatni bajarmaslik holati bo`yicha huquqbuzarlik aniqlanishiga faol yordam bergan shaxslarga undirilgan jarimaning 50 foizi miqdorida mukofot puli beriladi.

Hududlar qiyofasini yaxshilash maqsadida eksperiment tariqasida 2024 yil 1 sentyabrdan 2025 yil 1 sentyabrgacha joylardagi hokimlar belgilab beradigan muayyan hududda quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

➖fuqarolar va yuridik shaxslarning ularga tegishli bino va inshootga tutash hududlarni obodonlashtirish borasidagi mas`uliyati OAV, ijtimoiy tarmoqlar orqali har bir mahallada mahalla raislari tomonidan tushuntirilishini tashkil qilish;

➖ko`p qavatli uylar hovlisi va atrofi, yo`l hamda ko`cha chetlarining obodonlashtirilgan namunaviy ko`rinishini tasdiqlash;

➖yo`l va ko`cha chetlaridagi bo`sh erlarni ko`kalamzorlashtirish bo`yicha dastur tasdiqlash.


 


 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1