1

Shavkat Mirziyoev Ostona shahriga jo`nab ketdi

Siyosat 03.07.2024, 15:15
Shavkat Mirziyoev Ostona shahriga jo`nab ketdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaevning taklifiga binoan 3 iyul kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va "ShHT plyus" formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun Ostona shahriga jo`nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirlarda ShHT doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va tashkilot faoliyatini takomillashtirishning dolzarb masalalari, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy hamkorlikning muhim jihatlari muhokama qilinadi.

O`zbekiston Prezidenti xorijiy delegasiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o`tkazadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1