1

O`zbekiston Prezidenti Qozog`istonga etib bordi

Siyosat 03.07.2024, 17:10
O`zbekiston Prezidenti Qozog`istonga etib bordi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va "ShHT plyus" formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun Ostona shahriga keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Ostona xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Qozog`iston Respublikasi Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Bugun O`zbekiston Prezidenti xorijiy delegasiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o`tkazadi.

Ertaga mamlakatimiz etakchisi sammit ishida qatnashadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1