AsosiyJamiyat

Maktabgacha ta`lim agentligi faoliyati tugatildi

'Maktabgacha ta`lim agentligi faoliyati tugatildi'ning rasmi

“Maktabgacha va maktab ta`limi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmonga ko`ra, Maktabgacha ta`lim agentligi (Agentlik) faoliyati tugatildi. Bu haqda Telegram`dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Agentlikning tashkiliy tuzilmasidagi tashkilotlar Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi tasarrufiga o`tkazildi.

Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi zimmasiga quyidagi qo`shimcha funksiyalar yuklatildi, jumladan:

Ilg`or xorijiy tajribani hisobga olgan holda maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

Maktabgacha ta`lim va tarbiya jarayoniga zamonaviy innovasion pedagogik texnologiyalarni, ta`lim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini joriy etish;

Maktabgacha ta`limning o`quv reja, dastur va o`quv-metodik majmualarini takomillashtirish, ularning umumiy o`rta ta`lim dasturlari bilan uzviyligini ta`minlash;

Davlat va nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari orasida sog`lom raqobat muhitini yaratish hisobiga barcha bolalarning maktabgacha ta`lim bilan bosqichma-bosqich qamrab olinishini ta`minlash.

    Boshqa yangiliklar