O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Alievning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi.
Fuzuliy shahri aeroportida oliy martabali mehmonni Ozarbayjon Bosh vazirining birinchi o`rinbosari Yaqub Ayubov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Ertaga, 6 iyul kuni Prezidentimiz Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etadi.