AsosiyJamiyat

2,2 mln nafar o`zbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga chiqqan

'2,2 mln nafar o`zbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga chiqqan'ning rasmi

2024 yilning yanvar-may oylarida qariyb 2,2 mln nafar o`zbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga borgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 569,2 ming nafarga yoki 35,5 % ga oshgan.

Joriy yilning 5 oyida turistik maqsadlarda chet elga ketgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni:

Qirg`iz Respublikasi – 995,3 ming nafar;

Tojikiston – 449,8 ming nafar;

Qozog`iston – 322,5 ming nafar;

Saudiya Arabistoni – 100,2 ming nafar;

Rossiya – 86,5 ming nafar;

Turkiya – 63,9 ming nafar;

BAA – 55,7 ming nafar;

Quvayt – 16,5 ming nafar;

Misr – 13,5 ming nafar;

Janubiy Koreya – 8,3 ming nafar;

Boshqa davlatlar – 59,5 ming nafar.

    Boshqa yangiliklar