2016 yil 30 noyabr kuni rasman ish boshlaydigan “PressClub: Elections.uz-2016” press klubi ish dasturidan xalqaro kuzatuvchilar va OAV vakillarini O`zbekistonning an`anaviy madaniyati va san`ati bilan tanishtirishga qaratilgan madaniy tadbirlar ham o`rin olgan. Ijtimoiy reklama milliy festivalining o`tkazilishi ham shu jumladan.
Ijtimoiy media-mahsulotlar milliy festivali 8-bor ijtimoiy reklamaning intiluvchan, kreativ mualliflarini birlashtirmoqda.
Joriy yilning 2 dekabr kuni quyidagi nominasiyalar bo`yicha g`oliblar kim ekanligi ma`lum bo`ladi:
1. “Men yurtimni sevaman!” O`zbekiston Respubliksi mustaqilligining 25 yilligiga bag`ishlangan eng yaxshi ijtimoiy rolik.
2. “Aholining, xususan, yoshlarning saylovga oid huquqiy ongi va madaniyatini oshirish”ga qaratilgan eng yaxshi ijtimoiy rolik.
3. “Fuqarolarning siyosiy faolligini yuksaltirish”ga bag`ishlangan eng yaxshi ijtimoiy rolik.
G`oliblar nufuzli Hakamlar hay`ati tomonidan to`g`ridan to`g`ri onlayn ovoz berish yo`li bilan aniqlanadi.
Festival O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi va O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo`llab-quvvatlash Jamoat fondi mablag`larini boshqarish bo`yicha Parlament komissiyasi tomonidan tashkil etilgan.
O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, YuNESKO, Konrad Adenauer nomidagi jamg`arma hamda Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O`zbekistondagi vakolatxonalari festival hamkorlari hisoblanadi.





