AsosiyJamiyat

Angrenda aholi punktida mashina tezligini oshirgan ayol haydovchi jarimaga tortildi

'Angrenda aholi punktida mashina tezligini oshirgan ayol haydovchi jarimaga tortildi'ning rasmi

Instagramʼdagi sahifasiga ism-sharifi Madina Shamsutdinova deb yozilgan ayol Equinox mashinasini Angren shahri Gurum mahallasi ko`chalarida soatiga 156 km tezlikda boshqargani va holatni videoga olib Instagramʼdagi sahifasiga joylagan.


Oradan ko`p o`tmay ayol o`z sahifasidan Equinox mashinasida tez yurgani va telefondan foydalangani tasvirlangan videolarni o`chirib tashladi.

Toshkent viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, Equinox mashinasi va uni juda katta tezlikda boshqargan ayol topilgan. Unga Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan ma`muriy bayonnoma tuzilgan.

YHXB o`z Telegram-kanalida e`lon qilgan videoda ayol mashinani aholi punktlarida soatiga 157 km tezlikda boshqarish mumkin emasligini bilmasligini ta`kidlagan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar