584 mingdan ortiq pensionerlar rasman ishlamoqda. Bu haqda Bandlik vazirligi xabar berdi.
"Yagona milliy mehnat tizimi"dan olingan ma'lumotlarga koʻra, bugungi kunda rasman ishlayotgan pensionerlar soni 584 336 nafarni tashkil etmoqda.
Shundan:
Erkaklar – 235 419 nafar (40,3%);
Ayollar – 348 917 nafar (59,7%).
Qaysi sektorda koʻproq:
Davlat tashkilotlarida – 245 125 nafar (42%);
Xususiy sektorda – 339 211 nafar (58%).
Qaysi hududlarda koʻproq TOP-5:
Toshkent shahri – 99 075 nafar (16,9%);
Toshkent viloyati – 54 758 nafar (9,4%);
Samarqand viloyati – 50 553 nafar (8,6%);
Andijon viloyati – 49 327 nafar (8,4%);
Fargʻona viloyati – 49 059 nafar (8,3%).