AsosiyJamiyat

Zangiotadagi Covid-markaz oʻrnida Toshkent shahar koʻp tarmoqli bolalar shifoxonasi tashkil etiladi

Shifoxona 500 oʻringa moʻljallangan boʻlib, davlat byujetidan moliyalashtiriladi.

'Zangiotadagi Covid-markaz oʻrnida Toshkent shahar koʻp tarmoqli bolalar shifoxonasi tashkil etiladi'ning rasmi

Zangiota 2-son shifoxonasi oʻrniga Toshkyent shahar bolalar koʻp tarmoqli shifoxonasi tashkil etiladi. Bu borada Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, koronavirus infektsiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga moʻljallangan maxsus Zangiota 2-son shifoxonasining boʻsh turgan bino va inshootlaridan samarali foydalanish ҳamda 18 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun zamonaviy, yuqori texnologik, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Toshkent shahar hokimligining "Toshkent" MFY Yangi aylanma yoʻli manzilida joylashgan "Zangiota-2" shifoxonasi oʻrnida Davlat byujetidan moliyalashtiriladigan davlat muassasasi shaklidagi 500 oʻrniga moʻljallangan Toshkent shahar bolalar koʻp tarmoqli shifoxonasi tashkil etiladi.

"Zangiota-2" shifoxonasining bino va inshootlari tegishli hududi bilan Bolalar shifoxonasiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladi.

Shifoxonaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat boʻladi:

  • 18 yoshgacha boʻlgan bolalarda zarur tibbiy tyekshiruvlarni oʻtkazish, ularga yuqori malakali tibbiy-konsultativ hamda ixtisoslashtirilgan statsionar yordamini koʻrsatish;
  • tuman tibbiyot birlashmalariga amaliy-metodik yordam berish;
  • Toshkent shahar tibbiyot muassasalari amaliyotiga zamonaviy tibbiyot texnologiyalari va boshqaruv usullarini joriy etishda koʻmaklashish;
  • tibbiyot xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda ishtirok etish.

2024 yil 1 sentabrga qadar Bolalar shifoxonasining bino va inshootlarida zarur qurilish hamda tamirlash ishlarini amalga oshirilib, bolalarga tibbiy yordam koʻrsatishga moslashtiriladi. 

Boshqa yangiliklar