AsosiyJamiyat

Toshkentda psixofaol dori sotayotgan ota-bola ushlandi

Ulardan 900 mln soʻmlik dorilar ashoviy dalil sifatida olingan.

'Toshkentda psixofaol dori sotayotgan ota-bola ushlandi'ning rasmi

Toshkent viloyatida 900 million soʻmlik kuchli tasir qiluvchi psixofaol dorilarni sotmoqchi boʻlganlar qoʻlga olindi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2024 yilning 16 iyul kuni mas'ullar tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro H.S. nazoratdagi haridorga 70 dona "amino-myetil" hamda 3 dona "tropikamid" kuchli tasir qiluvchi dori vositalarini 4 million 300 ming soʻmga sotayotgan vaqtida ushlangan. Uning yonidan yana shu kabi 7 dona kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalari daliliy ashyo sifatida olingan.

Surishtiruvlar davomida aniqlanishicha, mazkur dorilarni nazoratdagi xaridorga 1981 yilda tugʻilgan shaxs I.J. yetkazishi kerak boʻlgan. Ammo, ota bunday qingʻir ish uchun oʻz farzandi 18 yoshli X.S.ni yuborgan.

Tezkor tadbir davom ettirilib, ota-bolaning yashash xonadoni koʻzdan kechirilgan. Natijada 9.800 dona "zardeks", 250 dona "amino-myetil" hamda 15 dona "tropikamid" (qora bozordagi narxi 857 million soʻmlik) kuchli ta'sir qiluvchi, psixofaol dori vositalari sotish maqsadida saqlanayotganligi aniqlanib daliliy ashyo sifatida olingan.

Holat yuzasidan jinoyatchilarga nisbatan Jinoyat Kodyeksining 251/1 moddasi (kuchli ta'sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Boshqa yangiliklar