Kuchli yogʻingarchilik va suv toshqinlari tufayli mamlakat poytaxti Manilada favqulodda holat e'lon qilindi. Bu haqda zamon.uz xabar berdi.
Aksariyat hukumat binolari va barcha maktablar yopildi, fond birjasida savdolar toʻxtatildi. Mahalliy aeroportlarda oʻnlab reyslar bekor qilingan.
Tabiiy ofat oqibatida oʻn minglab odamlar uysiz qoldi va evakuatsiya markazlariga joylashtirildi. Filippinning hukumati mamlakatning turli mintaqalarida tabiiy ofatdan jabrlangan 770 mingga yaqin kishiga moliyaviy yordam berilishi haqida e'lon qildi.