AsosiyDunyo

Rossiya janubidagi 13 ta aeroportda parvozlar vaqtincha to‘xtatildi

Ma'lum qilinishicha, "Janubiy Rossiya aeronavigatsiya kompaniyasi" filialining ma'muriy binosi yaqiniga dron qulashi xavfsizlik choralarining kuchaytirilishiga sabab bo'lgan.

'Rossiya janubidagi 13 ta aeroportda parvozlar vaqtincha to‘xtatildi'ning rasmi

Bugun, 8 may kuni Rossiyaning Rostov-Don shahrida joylashgan aeronavigatsiya ofisi hududiga dron tushishi ortidan mamlakat janubidagi 13 ta aeroport faoliyati vaqtincha cheklandi. Bu haqda “Meduza” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Janubiy Rossiya aeronavigatsiya kompaniyasi” filialining ma’muriy binosi yaqiniga dron qulashi xavfsizlik choralarining kuchaytirilishiga sabab bo‘lgan.

Shu munosabat bilan Sochi, Volgograd, Krasnodar, Grozniy, Astrahan, Vladikavkaz, Gelendjik, Maxachqal’a, Magas, Mineralnie Vodi, Nalchik, Stavropol va Elista aeroportlarida uchish-qo‘nish reyslari vaqtincha to‘xtatilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘nlab reyslar kechiktirilgan yoki bekor qilingan. Oqibatda minglab yo‘lovchilar aeroportlarda kutib qolgan.

Rosaviatsiya esa parvoz ekipajlarini joriy etilgan vaqtinchalik cheklovlar haqida ogohlantirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya 9 may munosabati bilan vaqtinchalik sulh e’lon qilgan edi. Biroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy mazkur sulhga amal qilmasligini bildirgan.

Shuningdek, u Rossiya bilan yaqin munosabatda bo‘lgan davlatlar rahbarlariga murojaat qilib, 9 may kuni Moskvaga bormaslikni tavsiya etgan. Mazkur vaziyat fonida maxsus xizmatlar Rossiya Prezidenti Vladimir Putin xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rishni boshlagan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Bryussel Moskvalik ukrainalik bolalarni ruslashtirishda ayblamoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:04

    Bryussel Moskvalik ukrainalik bolalarni ruslashtirishda ayblamoqda

    Ukrainalik bolalarning Rossiyaga majburan ko‘chirilishiga aloqador shaxslar va tashkilotlarga nisbatan sanksiyalar joriy etilishi rejalashtirilmoqda.

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:32

    'Isroilda hantavirus bilan kasallanishning ilk holati qayd etildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 05:07

    Isroilda hantavirus bilan kasallanishning ilk holati qayd etildi

    Bu haqda The Jerusalem Post nashri xabar berdi.

    'Rossiya xorijiy davlatlar diplomatlarini Kiyevni tark etishga chaqirdi'ning rasmi

    Dunyo 07.05.2026 08:47

    Rossiya xorijiy davlatlar diplomatlarini Kiyevni tark etishga chaqirdi

    Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Telegram'dagi videomurojaatida xorijiy diplomatik vakolatxonalarni Rossiya Mudofaa vazirligining ogohlantirishiga jiddiy e'tibor berishga undadi.

    'Jeffrey Epshteynning o‘lim oldidan yozgan maktubi oshkor qilindi'ning rasmi

    Dunyo 07.05.2026 06:33

    Jeffrey Epshteynning o‘lim oldidan yozgan maktubi oshkor qilindi

    AQShning Nyu-York shtatidagi federal sud Jeffri Epshteynga tegishli ekani aytilgan o‘lim oldi maktubini omma e’lon qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

    'Eron 80 tagacha bo‘linadigan raketaga ega ekanini ma’lum qildi'ning rasmi

    Dunyo 06.05.2026 10:14

    Eron 80 tagacha bo‘linadigan raketaga ega ekanini ma’lum qildi

    Agar 10 ta shunday raketa bir vaqtda uchirilsa, bu 800 ta bombaga teng ta'sir ko'rsatishi mumkin.