Buxoro viloyati prokurorining jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘yicha katta yordamchisi Dilshodjon Safarov vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Darakchi.uz ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, 38 yoshli Dilshodjon Safarov kecha sog‘lig‘i to‘satdan yomonlashgan. Shundan so‘ng u vafot etgan.
Dilshodjon Safarov Buxoro viloyati prokuraturasi tizimida jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot yo‘nalishida faoliyat yuritib kelgan.
Marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.






