AsosiySalomatlik

Semizlikni keltirib chiqaruvchi yangi omil aniqlandi

Yangi omil tegishli klinik sinovlarda ham tasdiqlangandan soʻng, tibbiy amaliyotga tatbiq etilishi mumkin.

'Semizlikni keltirib chiqaruvchi yangi omil aniqlandi'ning rasmi

Semizlikni keltirib chiqaruvchi yangi omillar borligi aniqlandi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi
matbuot xizmati xabar berdi. 

Notoʻgʻri ovqatlanish va kamharakat turmush tarzi — ular orasida yetakchilari. Ammo bu global muammoning hali bizga noma'lum sabablari ham bor.

Shulardan birini Yangi Zyelandiyaning Otago universityeti olimlari aniqladi. Buning uchun farqli yillarda AQShda qariyb 2,9 ming nafar hamda Yevropada 20 ming nafardan ziyod koʻngilli ishtirokida oʻtkazilgan tadqiqotlar natijalari tahlil qilindi.

Izlanish davomida yuqoridagi ilmiy tajriba qatnashchilarining vazn koʻrsatkichlari va qondagi S vitamini kontsentratsiyasi oʻrtasidagi bogʻliqlik oʻrganildi. 

Ma'lum boʻlishicha, semiz insonlar organizmda ushbu modda tanqisligi kuzatiladi. Yani ortiqcha vaznga ega kishilarda C vitamini soʻrilishi va uning tanadan chiqarilishi tezlashadi. Natijada hujayralar yalligʻlanishiga olib keluvchi oksidlovchi stress jarayoni kuchayadi. 

Tadqiqotchilar xulosasiga koʻra, qandli diabetning 2-turi, jigarning alkogolsiz yogʻ bosishi kabi kasalliklar ham organizmda S vitamini darajasi pasayishi bilan tavsiflanadi.

Shularni inobatga olgan olimlar tanadagi S vitaminining minimal sutkalik dozasi kamida 45 mg boʻlishi kerak, degan xulosaga keldi. Semiz insonlar organizmi esa har 10 kg ortiqcha vazn uchun qoʻshimcha 17-22 mg miqdorida bu darmondorini talab qiladi. 

Mutaxassislar qayd etganidek, ushbu yangilik tegishli klinik sinovlarda ham tasdiqlangandan soʻng tibbiy amaliyotga tatbiq etilishi mumkin. 

Boshqa yangiliklar