Toshkentda o‘g‘rilik qilayotgan shaxslar voqea joyida ushlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat tungi 02:35 larda Angren shahar "Ulug‘bek" mahallasi hududida turgan yuk avtotransportlari oldida shubhali harakatlar qilayotgan 4 nafar shaxslar shu hududda tungi xizmatni o‘tayotgan IIB patrul-post xizmati xodimlari tomonidan kuzatilgan.
Natijada, 21-38 yoshli 4 nafar shaxs yuk mashinasidan 2 dona katalizator (ehtiyot qismi)ni yashirin ravishda yechib olganligi aniqlangan. Ehtiyot qismlar daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirildi.
Holat yuzasidan ayblanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksi 169-moddasi 2-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.