AsosiyDunyo

Shimoliy Koreyadagi toshqinda 4 mingdan ortiq uy suv ostida qoldi

Kim Chen In zarar ko‘rgan hududlarni tiklash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishga chaqirgan.

'Shimoliy Koreyadagi toshqinda 4 mingdan ortiq uy suv ostida qoldi'ning rasmi

Shimoliy Koreyada yuz bergan suv toshqinlari oqibatida 4000 dan ortiq aholi turar joylari va 3 ming gektar qishloq xo‘jaligi yerlari suv ostida qolgan. Bu haqda "Türkiye" nashri xabar berdi. 

Manbada aytilishicha, toshqinlarning yangi fazasi Shimoliy Koreyaning Sinuyju shahri va Xitoy bilan chegara yaqinidagi Uyju okrugida kuzatilgan. Kuchli yog‘ingarchilik va daryo suvining toshishi oqibatida minglab uylar soniyalar ichida suv ostida qolgan.

Hozirga qadar taxminan 3,000 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari, shuningdek, ko‘plab jamoat binolari, inshootlar va yo‘llar suv ostida qolgan. Ushbu tabiiy ofat hukmron Ishchilar partiyasining ikki kunlik favqulodda yig‘ilishi o‘tkazilishiga olib kelgan.

Mamlakat rahbari Kim Chen In partiya yig‘ilishga raislik qilgan. U yetkazilgan zarardan jiddiy xavotir bildirgan, zarar ko‘rgan hududlarni tiklash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishga chaqirgan.

Kuzey Kore'yi yutan sel felaketinde kamu görevlilerinde 'Kim' paniği: Sorumlular cezalandırılacak - 3. ResimShimoliy Koreyaning davlat ommaviy axborot vositalari so‘nggi haftalarda musson mavsumi haqida ogohlantirgan. Ekstremal ob-havodan ko‘rilgan zararni qoplash borasidagi favqulodda harakatlari dasturi e’lon qilingan.

Koreya yarimorolida odatda iyul oyi har yilgi musson mavsumi hisoblanadi. Ushbu mavsum daryolar sathi ko‘tarilishi, yog‘ingarchilik ko‘payishi va noqulay nam ob-havo sharoiti bilan izohlanadi.

Kuzey Kore'yi yutan sel felaketinde kamu görevlilerinde 'Kim' paniği: Sorumlular cezalandırılacak - 2. ResimSo‘nggi yuz bergan tabiiy ofatlar oqibatida mamlakat shimoliy viloyatlarida ko‘plab ko‘chkilar kuzatilgan. Oqibatda poyezdlar harakati to‘xtagan. Asosiy magistrallar ko‘milib qolgan.

Shimoliy Koreya hukumati toshqinlarda halok bo‘lganlar sonini e’lon qilmagan. Ayni damda qutqaruv guruhlari shimoliy tumanlarda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borayotgani bildirilgan.

Suv toshqinlari tufayli o‘z hududlarida qolib ketgan 5 ming kishi armiyaning vertolyot ko‘magidagi operatsiyasi bilan qutqarildgan.

Kuzey Kore'yi yutan sel felaketinde kamu görevlilerinde 'Kim' paniği: Sorumlular cezalandırılacakTabiiy ofatga qarshi kurashuvchi muassasalarning armiyaning qutqaruv operatsiyasiga bog‘liqligini tanqid qilgan Kim Chen In: "bundan oldin ham hukumatni ehtiyot choralarini ko‘rishlari haqida ogohlantirganligini ma’lum qildi va muhim lavozimlardagi mas’ullarning dangasaligi va shaxsiy manfaati juda jiddiy darajaga yetdi",– dedi.

Boshqa yangiliklar