AsosiySiyosat

Prezident huzurida Iqlim kengashi tashkil etiladi

Bu bo‘yicha davlat rahbarining farmoni qabul qilindi.

'Prezident huzurida Iqlim kengashi tashkil etiladi'ning rasmi

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Iqlim kengashini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Farmonga ko‘ra, prezident huzurida Iqlim kengashi tashkil etiladi. Iqlim kengashi iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashish masalalari bo‘yicha prezident huzuridagi eng yuqori maslahat organi hisoblanadi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi doiraviy konvensiyasi va Parij bitimidan kelib chiqadigan O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishi monitoringini yuritish Iqlim kengashining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Yashil transformatsiya va iqlim o‘zgarishiga moslashish milliy markazi Iqlim o‘zgarishi milliy markazi (Iqlim markazi) deb qayta nomlandi.

Ilmiy va akademik salohiyatni oshirish hamda fundamental tadqiqotlarni rivojlantirish maqsadida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetida (Green University) Iqlim ilmiy forumi (Iqlim rezidensiyasi) tashkil etiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar

'O'zbekiston Xitoydan salmoqli 15 milliard dollarlik investitsiya o'zlashtirdi'ning rasmi

Siyosat Bugun 17:24

O'zbekiston Xitoydan salmoqli 15 milliard dollarlik investitsiya o'zlashtirdi

Ushbu ma'lumot davlat rahbarining matbuot xizmati tomonidan ochiqlandi.

'Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I O‘zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi'ning rasmi

Siyosat Bugun 11:42

Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I O‘zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

Toshkent shahrida Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi Siyosiy byurosi aʼzosi, Tashqi ishlar vaziri Van I janoblarni qabul qilish marosimi boʻlib oʻtdi.

'Nyu-York meri O'zbekistonga keldi'ning rasmi

Siyosat 20.11.2025 08:13

Nyu-York meri O'zbekistonga keldi

Bu haqda Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

'"Aholini kreditga majburlayapti". Mirziyoyev ikki hokimni nima uchun ishdan olganini aytdi'ning rasmi

Siyosat 19.11.2025 20:20

"Aholini kreditga majburlayapti". Mirziyoyev ikki hokimni nima uchun ishdan olganini aytdi

Prezident Mirziyoyev Denov va Chiroqchi tumanlari hokimlari aholiga tayyor loyiha o‘rniga majburiy kredit o‘tkazayotgani va ishlarni nazoratsiz qoldirgani uchun ishdan olinganini ta’kidladi.

'Shahnaza Mirziyoyeva yangi vazifa yuklatildi'ning rasmi

Siyosat 19.11.2025 18:26

Shahnaza Mirziyoyeva yangi vazifa yuklatildi

Inklyuziv bandlikni kuchaytirish va qashshoqlikka qaytish xavfi yuqori boʻlgan oilalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha nazorat Shahnoza Mirziyoyevga topshirildi.

'Prezident yig‘ilishida ikki hokim va ularning o‘rinbosarlari ishdan olindi'ning rasmi

Siyosat 19.11.2025 17:22

Prezident yig‘ilishida ikki hokim va ularning o‘rinbosarlari ishdan olindi

Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida qashliq va qishloqlarda qashshoqlikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Denov va Chiroqchi tumanlaridagi kamchiliklar keskin tanqid qilindi va mansabdorlar lavozimidan ozod etildi.