AsosiySiyosat

O‘zbekiston Prezidenti Turkmaniston Prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi

Hududlararo aloqalarni kengaytirish va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini faollashtirish muhimligi qayd etildi.

'O‘zbekiston Prezidenti Turkmaniston Prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 avgust kuni Ostona shahrida Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Joriy yil iyul oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yig‘ilishlari, shuningdek, Turkmaniston mahsulotlari ko‘rgazmasining samarali natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi.

O‘zaro savdo hajmini oshirish va iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari, jumladan, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport sohalarida kooperatsiya loyihalarini ilgari surish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Hududlararo aloqalarni kengaytirish va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini faollashtirish muhimligi qayd etildi.

Mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar

'O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi Niderlandiyada ham elchi etib tayinlandi'ning rasmi

Siyosat 22.11.2024 07:46

O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi Niderlandiyada ham elchi etib tayinlandi

Elchi G‘ayrat Fozilov ishonch yorliqlarini topshirdi.

'Kelgusi 5 yilda aholimiz 40 milliondan ortishi kutilmoqda — Prezident'ning rasmi

Siyosat 20.11.2024 11:06

Kelgusi 5 yilda aholimiz 40 milliondan ortishi kutilmoqda — Prezident

Bosh vazir lavozimiga tavsiya etiladigan nomzod qator masalalar ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘z dasturini taqdim etishi kerakligi qayd etildi.

'Tuman va shahar kengashlariga ham hokimlar raislik qilmasligi kerak — Prezident'ning rasmi

Siyosat 19.11.2024 12:01

Tuman va shahar kengashlariga ham hokimlar raislik qilmasligi kerak — Prezident

Davlat rahbari yuqori palatani bu bo‘yicha islohotga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi.

'Nuriddin Ismoilov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri etib saylandi'ning rasmi

Siyosat 18.11.2024 11:53

Nuriddin Ismoilov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri etib saylandi

Mavluda Xodjayeva spikerning birinchi o‘rinbosari, Rahimjon Hakimov spiker o‘rinbosari etib saylandi.

'Energiya ta’minoti bo‘yicha bajarilgan ishlar va rejalar ko‘rib chiqildi'ning rasmi

Siyosat 15.11.2024 19:59

Energiya ta’minoti bo‘yicha bajarilgan ishlar va rejalar ko‘rib chiqildi

Shavkat Mirziyoyev aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya bilan uzluksiz ta’minlash, soha korxonalarida samaradorlikni oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

'2030 yilga borib “Yashil” energiya ishlab chiqarishni 40 foizga yetkazamiz – vazir o‘rinbosari'ning rasmi

Siyosat 15.11.2024 17:41

2030 yilga borib “Yashil” energiya ishlab chiqarishni 40 foizga yetkazamiz – vazir o‘rinbosari

O‘zbekiston ham energiyani ko‘p iste’mol qiluvchi mamlakat bo‘lib, atmosferaga chiqayotgan chiqindilarning 70 foizi energetika sektoriga to‘g‘ri keladi.