AsosiyJamiyat

"O‘zbekistonda bitiruvchilarning deyarli 60 foizi hali ish topolgani yo‘q"

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri deputatlarga 126 ming nafar bitiruvchi ishsiz ekanini aytdi.

'"O‘zbekistonda bitiruvchilarning deyarli 60 foizi hali ish topolgani yo‘q"'ning rasmi

6 avgust kuni Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev 2024 yilda oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha axborot berdi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan o‘quv yilini tugatgan 214 ming nafar bitiruvchining to‘liq ro‘yxati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligidan olingan va bandlikka oid ma’lumotlar bazasi bilan solishtirilgan. Shundan 88 ming nafari (yoki 41 foizi) shartnoma asosida korxona va tashkilotlarga qabul qilingan.

"126 mingi (yoki 59 foizi) hali ish topolgani yo‘q. Ishsiz bitiruvchilarni tamomlagan soha yo‘nalishlari bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlariga mos kelishi imkoniyatini solishtirib chiqdik, tahlil qildik. 95 ming nafar bitiruvchini 102 ming bo‘sh ish o‘rniga ishga joylashtirish imkoniyati borligi aniqlandi. Hozirgi kunda har bir bitiruvchini tuman, shahar kesimida o‘zi turadigan joyiga qarab (agar poytaxtda ish izlayotgan bo‘lsa, poytaxtda) avgust-sentyabr oylarida ishga joylashtirish ustida ish olib bormoqdamiz", — dedi u.

Behzod Musayevning aytishicha, hozirda mamlakatda 358 mingta bo‘sh ish o‘rinlari ro‘yxatga olingan bo‘lib, ulardan 112 mingtasi oliy ma’lumotga ega bo‘lishni talab qiladi.

Bo‘sh ish o‘rinlarining umumiy sonidan 81 mingtasi davlat organlarida, 277 mingtasi esa xususiy sektorda. Eng ko‘p o‘rinlar quyidagi sohalarda kuzatiladi:

  • xizmat ko‘rsatish — 96 ming;
  • ta’lim — 56 ming;
  • sanoat va ishlab chiqarish — 57 ming;
  • qishloq xo‘jaligi — 48 ming;
  • qurilish — 32 ming;
  • sog‘liqni saqlash — 26 ming;
  • moliya va sug‘urta — 5 ming;
  • aloqa va axborot texnologiyalari — 7 ming;
  • madaniyat — 4 ming.

Shuningdek, yilning ikkinchi yarmida aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘riladi. Ular o‘z ichiga qishloq xo‘jaligi, qurilish, turizm, xizmat ko‘rsatish kabi sohalarni qamrab oladi.

2023 yilning fevral oyida sobiq oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov ishga joylashmagan bitiruvchilari ko‘p bo‘lgan nodavlat oliy o‘quv yurtlari sifatsiz ta’lim beruvchi muassasa sifatida tan olinishi va ularning faoliyati tugatilishi mumkinligi haqida gapirgandi. Uning mazkur bayonoti tarmoqlarda tanqidlarga sabab bo‘ldi, vazirlik esa bunga javob qaytardi.

Yil boshida ishsizlar soni 1,3 mln kishini tashkil etgan bo‘lsa, bu yil yana 2,4 mln kishi mehnat bozoriga kiradi. 2024 yilda 5 mln aholi ish bilan ta’minlanishi kutilmoqda. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar

''ning rasmi

Jamiyat Bugun 21:09

''ning rasmi

Jamiyat Bugun 21:02

''ning rasmi

Jamiyat Bugun 19:31

'Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi'ning rasmi

Jamiyat Bugun 16:27

Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

Markaziy bank 24 noyabr kuni uchun belgilangan yangi valyuta kurslarini e'lon qilindi.

'Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi'ning rasmi

Jamiyat Bugun 15:41

Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi

Havodagi PM2.5 va PM10 miqdori oshgan sharoitda yo'llarni namlash shahardagi ikkilamchi changlanishni qisqa vaqtda kamaytiruvchi eng tezkor choralardan biri hisoblanadi.

'O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi'ning rasmi

Jamiyat Bugun 13:18

O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi

Turistlar oqimini ko'paytirish, xizmatlar sifatini oshirish va investitsiyalarni rag'batlantirishni ko'zda tutadi.